Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Sog‘liqni saqlash huquqini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash tizimidagi raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan anjumanda zamonaviy dunyoda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishning ahamiyati va eng muhim jihatlari, Covid-19 pandemiyasi davridagi raqamlashtirishning asosiy yutuqlari, ularni qo‘llash bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining tajribasi, insondagi biomexanik o‘zgarishlar (kiber-inson), sog‘liqni saqlash tizimining kelajagi, muammolar va ularni bartaraf etish uchun tibbiyot qonunchiligini rivojlantirishning yangi tamoyillari (MedTech), xorijiy va mahalliy tajriba misolida teletibbiyotni huquqiy tartibga solishning xususiyatlari muhokama qilinadi.

Gibrid formatda tashkil etilayotgan anjumanda Gdansk universiteti, Qozog‘iston-Amerika erkin universiteti, boshqa milliy va xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Xalqaro anjuman 3-iyul 10:00 da TDYU 1-bino kengashlar xonasida boshlanadi.

Shuningdek, tadbirda quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/85658451690?pwd=a3hadjFudmVYS1h6SDRFdUd5eUhOZz09

ID: 856 5845 1690 Kod: 695701

Hodisalar

Barcha e'lonlar