Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

ELSEVIER kompaniyasi tomonidan Scopus va SciVal ilmiy texnik bazasidan foydalanish bo‘yicha onlayn vebinarlar o‘tkaziladi

Elsevier Research Intelligence xizmatlariga obuna boʻlgan universitetlar uchun tashkil etilayotgan onlayn mashg‘ulotlarda tadqiqot faoliyatida axborot va tahliliy resurslardan foydalanish, tadqiqotni boshqarish, universitetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy va nashriyot faoliyati bilan bogʻliq keng koʻlamli masalalar qamrab olinadi.

Vebinarlarda tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar, talabalar va doktorantlar, boshqaruv va ma’muriy xodimlar, kutubxonachilar va tahlilchilar ishtirok etishi mumkin. Mashg‘ulotlar davomida Scopus ma’lumotlar bazasi va SciVal tahliliy tizimi bilan ilgari tajribasi boʻlmagan foydalanuvchilar ham ushbu resurslarning asosiy funksiyalarini oʻzlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

4–7-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan vebinarlarda ishtirok etish uchun quyidagi linklar orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim:

Eslatib o‘tamiz, roʻyxatdan oʻtish har bir kun uchun alohida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar o‘quv videolavhalari va o‘quv materiallaridan foydalanish, shuningdek, har bir vebinar uchun elektron sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar