Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU bakalavriatiga yo‘llanmaga ega bo‘lgan yuridik texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qabuli boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga 2023/2024-o‘quv yili uchun yo‘llanmaga ega bo‘lgan yuridik texnikum bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qabuli boshlandi.

Hujjatlar 25-iyul (shu kuni ham)ga qadar https://qabul2023-texnikum.tsul.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Abituriyentlar TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

  1. diplom va uning ilovasi.
  2. Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
  3. Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natish mumkin.

Agar barcha zarur hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilgan va Yo‘llanmalar yagona reyestrida yo‘llanma mavjud bo‘lgan taqdirda 72 soat ichida hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha tegishli dasturiy ta’minot tomonidan avtomatik ravishda noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi hamda abituriyentga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili yoki telefon raqami bo‘yicha tegishli xabarnoma yuboriladi.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-o‘quv yilida TDYU suhbat jarayonidan o‘ta olmagan abituriyentlar ushbu o‘quv yilida qayta hujjat topshirish huquqiga ega.

Hodisalar

Barcha e'lonlar