Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Nagoya universiteti Yapon huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani Dildora Umarxanova, JICA Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi rahbari o‘rinbosari Yoshimasa Takemura, Nagoya universiteti Oliy huquq fakulteti dekani Yano Mashiro, Nagoya universiteti huquq va siyosat bo‘yicha xalqaro ta’lim va hamkorlik markazi dekani Murakami Masako, Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori Eldorjon Elmurodov, O‘zbek-Yapon markazi raisi Shamsimuhammad Nuriyev, Toshkentdagi JETRO Yaponiya savdoni rivojlantirish tashkiloti Dilfuza Arifxo‘jaeva, JICA O‘zbekiston vakolatxonasi, O‘zbek-Yapon markazi vakillari, TDYU mas’ul xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchi talabalarni muborakbod etib, kelgusi o‘qish va ishlariga omad va muvaffaqiyat tiladi.

O‘z navbatida bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universiteti rahbariyatiga, professor-o‘qituvchilariga, shuningdek, Yapon huquqini tadqiq qilish markazi o‘qituvchilariga va barcha mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir yakunida markazning quyidagi 7 nafar bitiruvchisiga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi:

1. Madinabonu Nabiyeva — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi;
2. Guljahon Norboyeva — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi;
3. Otabek Salayev — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi;
4. Malikaxon Mahkamova — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabasi;
5. Nafis Egamova — “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi;
6. Adhamjon Anvarov — “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi;
7. Jahongirbek Hakimov — “Xususiy huquq” fakulteti talabasi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar