Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari va universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari “Chet ellik talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari va tanishtiruv” loyihasida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti Germaniya Federativ Respublikasi Akademik almashinuv xizmati (DAAD)ning “Chet ellik talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari va tanishtiruv” loyihasida ishtirok etib, mazkur grantni yutib olgan edi.

Shu munosabat bilan “Xususiy huquq” dekani Bekzod Musayev boshchiligidagi TDYU talabalari va universitet qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilaridan iborat jamoa loyiha doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi.

Jamoa a’zolari loyiha doirasida dastlab Germaniyaning Galle shahridagi Martin Lyuter nomidagi universitetida ma’ruza mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Shuningdek, ular ushbu shahardagi jinoiy sudga tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun: loyiha doirasida TDYU jamoasi Galle, Myunxen hamda Regensburg universitetlariga tashrif buyuradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar