Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida “Yozgi maktab — 2023” tashkil etildi.
Yozgi maktabda Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi taʼlim fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasining 12 nafar professor-oʻqituvchisi til, adabiyot va jurnalistikaning turli masalalariga bag‘ishlangan maʼruzalar bilan ishtirok etdi. Professor-oʻqituvchilarimizing ma’ruzalari yozgi maktab ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olinib, ma’ruzalarda ko‘tarilgan masalalar mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Bundan tashqari, yozgi maktab doirasida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti Jurnalistika va qozoq tili kafedrasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga, birgalikda ilmiy va akademik loyihalarni yo‘lga qo‘yishga, ularning salmogʻi va sifatini yanada oshirishga kelishib olindi.