Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ochiq eshiklar kuni qanday o‘tdi?

Toshkent davlat yuridik universitetida “Bir kun talaba boʻling!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

2023/2024-oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalari, universitet faoliyatiga qiziquvchi fuqarolar uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limi hamda Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan qabul jarayonlari, bu yilgi imtihonlar, kvotalar, universitetning nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni, muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning universitet faoliyati, yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, o‘quv va qabul jarayonlari haqidagi savollariga javob berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida ishtirokchilar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar