Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov talabalarga eng muhim yumshoq ko‘nikmalar (soft skills)ni rivojlantirish bo‘yicha 10 ta kitobni tavsiya qiladi

Hurmatli talabalar!

Biz joriy o‘quv yilini yakunlab, yozgi ta’tilni boshladik. Albatta, yozgi ta’tilni samarali o‘tkazish juda muhimdir. Shuning uchun ta’til davomida sizlarga o‘z-o‘zingizni, xususan, yumshoq ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga alohida e’tibor berishingizni maslahat beraman.

Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalar bilan to‘lib-toshgan, tez o‘zgaruvchan dunyo sharoitida yumshoq ko‘nikmalar (soft skills)ni rivojlantirish zarurati va ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Tobora ommalashib borayotgan zamonaviy raqamlashtirish davrida yumshoq ko‘nikmalar, jumladanraqamli ko‘nikmalar (digital skills) har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynaydi.

Yumshoq ko‘nikmalar kognitiv bo‘lmagan, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlarini anglatadi hamda bu bizga boshqalar bilan samarali muloqot qilish, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishga yordam beradi. Ushbu ko‘nikmalar raqamli transformatsiya davrida yanada muhim ahamiyat kasb etadi, chunki avtomatlashtirish va sun’iy intellekt bizning jamiyatda ishlash, moslashuvchan, analitik izlanuvchi va samarali kommunikator bo‘lishga bo‘lgan talabimizni oshiradi.

Shuning uchun men har biringizga yumshoq ko‘nikmalarni faol rivojlantirishni tavsiya qilaman. Sizning martaba va kasbiy o‘sishdagi muvaffaqiyatingiz ko‘p jihatdan boshqalar bilan muloqot qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish, shaxslararo munosabatlarni tushunish va konstruktiv fikr-mulohazalarni qabul qilish qobiliyatingizga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois o‘quv dasturlaridan tashqariga chiqing va ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlarini qidirishga kirishing.

Men sizlarda yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun quyidagi kitoblarni o‘qishni tavsiya qilaman:

“Qanday qilib raqamli asrda do‘stlar orttirish va odamlarga ta'sir qilish kerak” (Как завоевывать друзей и оказывать влияние на людей в эпоху цифровых технологий, How to Win Friends and Influence People in the Digital Age). Mualliflar: Deyl Karnegi, Brent Cole.

Ushbu kitobda aloqa ko‘nikmalarini yaxshilash, odamlar bilan muloqot qilish va nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berilgan.

“Hissiy intellekt 2.0” (Эмоциональный интеллект 2.0, Emotional Intelligence 2.0). Mualliflar: Trevis Bredberri, Jin Grivz.

Ushbu kitob yumshoq ko‘nikmalarning asosiy jihati bo‘lgan hissiy intellektni tushunish va rivojlantirishga ko‘maklashadi. Undagi ma’lumotlar asosida his-tuyg‘ularingizni qanday boshqarishni, ijtimoiy idrokni rivojlantirishni hamda o‘zingiz va boshqa odamlarni yaxshiroq tushunishni o‘rganasiz.

“Jiddiy ijodiy fikrlash” (Серьёзное творческое мышление, Serious Creativity: Using the power of Lateral Thinking to create new Ideas). Muallif: Edvard de Bono.

Ushbu kitob ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyatini rivojlantirishga va innovatsion yondashuvlar orqali muammolarni hal qilishga yordam beradi. Shuningdek, u sizni noaniqlik bilan kurashishga va tez o‘zgaruvchan muhitga moslashishga o‘rgatadi.

“Unvonsiz rahbar” (Лидер без титула, The Leader Who Had No Title) Muallif: Robin Sharma

Ushbu kitobda yetakchilik (liderlik) ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar va amaliy maslahatlar berilgan. Kitob orqali axloqiy xatti-harakatlarning ahamiyati, empatiyalar, boshqalarni ilhomlantirish va ta’sir qilish qobiliyati haqida bilib olasiz.

“Eshitish va tushunish: ishonchli munosabatlarning asosi” (Услышатьипонять: Основадоверительныхотношений, I Hear You: The Surprisingly Simple Skill Behind Extraordinary Relationships). Muallif: Maykl Sorenson

Ushbu kitob samarali muloqotning asosiy jihati bo‘lgan faol tinglash mahoratini oshirishga yordam beradi. Kitob orqali suhbatdoshni diqqat bilan tinglash va tushunishni, muhim tafsilotlarni olish hamda chuqurroq va samaraliroq o‘zaro ta’sirlarni yaratishni o‘rganasiz.

“Robotlar bilan qanday gaplashish kerak: Sun’iyintellekt hukmronlik qiladigan kelajak uchun qizlarga qo‘llanma” (Как разговаривать с роботами: Путеводитель для девочек в будущее, где доминирует ИИ, How to Talk to Robots: A Girl’s Guide to a Future Dominated by AI). Muallif: Tabita Goldstaub.

Ushbu kitob sun’iy intellekt haqida mavjud tilda yozilgan va kelajakdagi o‘zgarishlarning ko‘lamini tasvirlaydi.

“Inson bo‘lish. Sun’iy intellektda emas, faqat odamlarda mavjud bo‘lgan ko‘nikmalar va yaqin kelajakda qanday qilib ishingizni yo‘qotmaslik kerak” (Быть человеком. Навыки, которыми обладают только люди, а не искусственный интеллект, и как не потерять работу в ближайшем будущем, Being Human: Rediscover the skills that will make you futureproof). Muallif: Debra Stivens.

Ushbu kitob sizni martaba istiqbollari haqida o‘ylash va o‘zingizni rivojlantirishga undaydi. Kitobda robotlar insonning o‘rnini bosa olmaydigan sohalarda professional bo‘lish uchun qanday ko‘nikmalarni rivojlantirish va yangi dunyo imkoniyatlaridan qanday samarali foydalanish muhokama qilinadi.

“Noldan birgacha: startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin” (От нуля к единице. Как создать стартап, который изменит будущее, Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future). Muallif: Piter Til, Bleyk Masters.

Ushbu kitob dunyoga yangicha qarash, hali hech kim o‘ylamagan g‘oyalarni payqash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

“Raqamliafzallik. Sun’iyintellektdavridaraqobatsan'ati” (Цифровое преимущество. Искусствоконкурироватьвэпохуискусственногоинтеллекта, Competing in the Age of AI: Strategy and Leadership When Algorithms and Networks Run the World). Muallif: Karim Laxani, Marko Yansiti.

Ushbu kitobda Sun’iy intellekt ma’lumotlari va texnologiyalari sanoat landshafti va biznesdagi raqobatdosh ustunliklarning tabiatini qanday o‘zgartirayotgani haqida ma’lumot berilgan.

“Kelajak ko‘nikmalari” (Навыки будущего, Future Skills: The 20 Skills and Competencies Everyone Needs to Succeed in a Digital World). Muallif: Bernard Marr.

Ushbu kitobda kelajakda talab qilinadigan yigirmata ko‘nikma, ularga ega bo‘lish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar haqida hikoya qilinadi.


Umid qilamanki, ushbu kitoblar sizga muvaffaqiyatli martaba va shaxsiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradi. Shuni yodda tutingki, ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish doimiy amaliyot va doimo o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Ushbu muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishda sizga omad tilayman!

Hodisalar

Barcha e'lonlar