Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xorijda o‘qishni davom ettiruvchi TDYU bitiruvchilari uchun yozgi maktab tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida TDYUning AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda o‘qishni davom ettiruvchi bitiruvchilari va yuqori bosqich talabalari uchun birinchi yozgi maktab tashkil etildi.

Yozgi maktabning ochilish marosimida “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Petra Gorjup so‘z olib, hozirgi kunda O‘zbekistonda kadrlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani va ushbu tadbir birinchi marta o‘tkazilayotganini ta’kidlab, barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorladi.

To‘rt kunlik mashg‘ulotlar davomida yozgi maktab ishtirokchilari AQSH huquqiy tizimi va huquqshunoslik fanlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yozgi maktab mashg‘ulotlarini Boston kolleji yuridik maktabining (AQSH) amaliyot bo‘yicha professori E.Joan Blum, Illinoys Texnologiya Instituti, Chikago-Kent yuridik kolleji professori Lourene Kontento va huquqshunos-professor Daniel Xassenfeld kabi tajribali ekspertlar olib bordi.

Shuningdek, yozgi maktab ishtirokchilari huquqiy muammolarni hal qilish, jumladan, keyslarning huquqiy tahlilini tayyorlash va taqdim etishning CREAC usuli, delikt huquqi, shartnomalar tushunchalari va oqlov kelishuv muammolari bo‘yicha davlat siyosatini muhokama qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar