Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov, TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, universitetning bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Bitiruv marosimi avvalida Adliya vaziri A.Tashkulov va universitet rektori v.v.b. I.Rustambekov so‘z olib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Marosimda qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida jami 7148 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan 1280 nafar talaba 2022/2023-oʻquv yilida universitetni bitirdi. Bitiruvchilarning 310 nafari “Ommaviy huquq” fakulteti, 314 nafari “Jinoiy odil sudlov” fakulteti, 297 nafari “Xususiy huquq” fakulteti, 359 nafari “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalaridir.

Tadbirdan FOTOlar:

Hodisalar

Barcha e'lonlar