Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “Yozgi universitet — 2023” xalqaro loyihasida ishtirok etdi

Ural federal universitetida “Yozgi universitet — 2023” xalqaro loyihasi tashkil etildi. Bir vaqtning o‘zida Qozon federal universiteti va Sibir federal universitetida boshlangan xalqaro loyihada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Serbiya, Braziliya, Hindiston, Vetnam, Xitoy, Kolumbiya, Yaman, Misr va Turkmaniston kabi 25 ta mamlakatdan 1200 nafardan ortiq talaba qatnashdi.

“Yozgi maktab — 2023”da Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti tyutori Oyatbek Mamayusupov boshchiligidagi quyidagi talabalar ishtirok etdi: 
– Natalya Dashkevich;
– Malohat Mirpo‘latova;
– Jamshidjon Pardayev;
– Sabriya Soliyeva;
– Siddiq Usmonov;
– Sitora Hamdamova.

Loyiha davomida ishtirokchilar “Huquqshunoslik”, “Raqamli transformatsiya va ijtimoiy dizayn laboratoriyasi”, “ESG-transformatsiyasi va xalqaro biznesni raqamlashtirish” kabi oltita yo‘nalish bo‘yicha sakkizta sohaga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Universitetning o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalar va vositalar” mavzusida malaka oshirish dasturi bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Bundan tashqari, talabalar uchun madaniy-ko'ngilochar dasturlar, jumladan, shahar, universitet va universitet kampuslari bo'ylab ekskursiyalar, “Innoprom” ko'rgazmasiga tashrif, turli fleshmoblar ham tashkil etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar