Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbek tili” darsligi chop etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari G.Gulyamova, D.Rasulmuxamedova va G.Xujanova tomonidan tayyorlangan darslik yangi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan hamda TDYU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich rus guruhi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Darslikda dastlab leksik minimum berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning mavzu doirasidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Shuningdek, sintaksis, stilistika va punktuatsiya bo‘limlariga oid ma’lumotlar rus guruh o‘quvchilarining o‘zbek tili grammatikasiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan

Mualliflar jamoasi tomonidan darslikda berilgan davlat tilida ish yuritish hujjatlari haqidagi ma’lumot va topshiriqlar bo‘lajak yuristlar uchun juda muhimdir. Darslikda berilgan badiiy asarlar esa ularni o‘zbek adabiyoti bilan oshno qilishga, badiiy-estetik didlarini oshirishga, mustaqil fikrlashiga yordam beradi.

Darslik bilan TDYU Axborot-resurs markazida tanishish hamda uni sotib olish uchun universitetga murojaat qilish mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar