--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida startap-marafonga start berildi

Bu 2023/2024-o‘quv yili uchun biznes loyihalari inkubatsiyasi va akseleratsiyasi dasturidir.

Startap-marafon tashkilotchilari iqtidorli va bilimga chanqoq talabalarga qiyin marrani bosib o‘tishga quyidagilar orqali yordam berishni maqsad qilgan:

– original biznes g‘oyani shakllantirish; 
– biznes-rejani ishlab chiqish; 
– tajriba-sinov mahsulotini ishlab chiqish; 
– IT, menejment va marketing sohalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish; 
– TDYU innovatsion jamg‘armasi va tashqi investorlardan sarmoya olish; 
– shaxsiy kompaniyaga asos solish va unda biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;

Startap marafonchilar universitet Kovorking markazida zamonaviy kompyuter texnikasi, Legal Tech laboratoriyasining ko‘magi, shaxsiy mentor, biznesga oid adabiyotlar, treninglar va boshqa zaruriy ko‘mak bilan taʼminlanadi.

Startap-marafonda ishtirok etishni istaganlar 8-sentabrga qadar quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishi kerak: https://forms.gle/j5Hcg5YkF1wNAddH9

Nomzodlar 11–15-sentabr kunlari o‘tkaziladigan suhbat orqali saralab olinadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti