Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamda Shimoli-g‘arbiy siyosat va huquq universiteti o‘rtasidagi memorandumning amal qilish muddati 5 yilga uzaytirildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy siyosat va huquq universiteti prezidenti Fan Ju Li hamda universitetning xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori San Yuan Fen bilan uchrashdi.

Xitoy — Oʻzbekiston taʼlim forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Shimoli-gʻarbiy siyosat va huquq universiteti oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumining amal qilish muddatini 5 yilga uzaytirish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Yangi hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, kelgusida Oʻzbekistonda Xitoy huquqiy tadqiqotlar markazini tashkil etish, Shimoli-gʻarbiy siyosat va huquq universiteti mutaxassislarini TDYU ilmiy-tadqiqot va taʼlim jarayonlariga jalb etish, oʻquv jarayonini samarali boshqarish va TDYUda oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish uchun uslubiy yordam koʻrsatish rejalashtirilgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar