Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Huquq tarixi” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti professori Haydarali Muhamedov tomonidan yozilgan “Huquq tarixi” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi.

Mazkur oʻquv qoʻllanmada huquq manbalarining paydo boʻlishi va ularning qadimgi, oʻrta asrlar, yangi va eng yangi davrlarda rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, alohida davlatlar huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan. Qo‘llanmada qadimgi davrda Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Afina, Sparta va Rim, oʻrta asrlarda Vizantiya, Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya, Arab xalifaligi, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, yangi va eng yangi davrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Yaponiyaning huquq tarixi bayon qilingan.

Oʻquv qoʻllanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari, oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun moʻljallangan bo‘lib, kitob bilan universitet Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.

Shuningdek, mazkur oʻquv qoʻllanmani universitetga murojaat qilish orqali sotib olish mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar