Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Vengriya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Vengriya Respublikasi delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, universitetning ilmiy ishlar va innovatsoyalar boʻyicha prorektori Baxshillo Xodjayev, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Fitrat Umirov, Vengriya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Karoli Gaspar universiteti rektori, Yevropa Parlamenti a’zosi, Vengriya huquqshunoslari assotsiatsiyasi raisi Lazlo Trochani, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Tijorat huquqi va moliya kafedrasi mudiri o‘rinbosari, doktor Shuchi Robert, universitet huzuridagi Tarix instituti dotsenti, doktor Sarkozi Miklosh ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Vengriya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, xususan, Karol Gaspar universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda turli ilmiy loyihalarni tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar