Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi

Kongressda TDYUga tashrif buyurgan ota-onalarga talabalarning o‘qishi uchun universitetda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida farzandining munosib ta’lim olishiga befarq bo‘lmay, uning yuksak ma’naviyatli, vatanparvar kadr bo‘lib yetishishida hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda universitet bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan ota-onalarga universitet jamoasining tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, kongress doirasida ota-onalar uchun konsert dasturi, tushlik hamda maxsus buyurtma asosida O‘zbekiston davlat satira teatrida spektakl namoyishi ham tashkil etildi.

image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar