Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli davom etmoqda

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
– magistr yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
– belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar;

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (phd.mininnovation.uz) orqali TM yoki ITga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
– ish joyidan tavsifnoma;

Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka ixtisoslik boʼyicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʼyicha amalga oshiriladi.

Maʼlumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Toshkent, Sayilgoh koʼchasi, 35-uy, TDYU Ilmiy boshqarmasi.
Telefon: 233-66-36. Ichki: (1042, 1043)

So`ngi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda ingliz tili fanidan “Law and Society” mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Umida Xaydarova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy mavzular asosida so‘z boyligini kengaytirish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, fikrni mantiqiy va asosli bayon etish ko‘nikmalari shakllantirildi. Interaktiv muhokamalar, savol-javoblar va amaliy vaziyatlar orqali tinglab tushunish hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyalari mustahkamlandi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Germaniyaning Regensburg universiteti yuridik fakulteti talabalari uchun “Raqamli asrda ta’lim oluvchilarning vaqtni boshqarish kompetensiyalariga smartfonlarning ta’siri” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Professor Mixaela Trenner-Xaberkorn bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotni TDYU Xorijiy tillar sho‘basi professori v.b. Sarvar Akobirova, kafedra dotsenti v.b. Muyassarxon Baxriddinova hamda Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professori Minavvarxon Yunusova olib bordi. Mahorat darsida smartfon va raqamli qurilmalarning ta’lim jarayoni, diqqatni jamlash, rejalashtirish va vaqtni oqilona taqsimlashga ta’siri, zamonaviy vaqtni boshqarish usullari, raqamli intizomni shakllantirish, o‘quv jarayonida texnologiyalardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. *** Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari O. Saidov, Sh. Abdussatorov hamda A. Mo‘minov tashabbusi bilan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni Marmara universiteti professori Can Yoney olib bordi. Mahorat darsida xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq sohalaridagi dolzarb masalalar, ushbu yo‘nalishlarda ko‘p yillik amaliy tajriba, shuningdek, Turkiya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning xalqaro munosabatlardagi o‘rni va roli yuzasidan atroflicha fikr almashildi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti “Karyera” klubi tomonidan talabalarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “TOP universitetlarga grant yutish sirlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni TDYU o‘qituvchisi va PhD tadqiqotchisi, Sidney universiteti magistratura bitiruvchisi, ko‘plab xalqaro grantlar sohibasi hamda 20 ga yaqin davlatlarda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Munisa Rayimova olib bordi. Mahorat darsi davomida ishtirokchilarga nufuzli xorijiy universitetlarga grant topish va ularga to‘g‘ri ariza topshirish tartibi, kuchli motivatsion xat yozish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, suhbat jarayonida o‘zini munosib tarzda namoyon etish usullari hamda muvaffaqiyatli stipendiatlarning real tajriba va maslahatlari taqdim etildi.
28.12.2021

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar