Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda yosh olimlarning xalqaro sivilistik o‘qishlari o‘tkazildi

“Biznes huquqi tizimida korporativ huquqiy munosabatlarning tutgan o‘rni: zamonaviy yondashuvlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan anjumanda Xitoy Siyosiy fanlar va Huquq universiteti, “Jingshi” yuridik firmasi, Al-Azhar universiteti, Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti, Kaspiy Universitetining “Adilet” Huquq oliy maktabi hamda Regensburg universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, xalqaro ekspertlar va talabalar ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik, yuridik fanlar doktori, professor Xodji-akbar Rahmonkulovich Rahmonqulov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda akademik X.Rahmonqulovning korporativ huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ilmiy merosi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy maʼruzalar tinglanib, mavzu yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘qishlar davomida korporativ huquq va uning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq qonunchilikni takomillashtirish, samarali strategiyalar ishlab chiqish va tajriba almashish masalalari atroflicha tahlil etilib, bu borada turli ilmiy munozaralar olib borildi.

Xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan korporativ huquqqa doir siyosatni va bugungi kun sharoitida mazkur yo‘nalishda islohotlarni amalga oshirish murakkab, shu bilan birga uzluksiz jarayon ekani alohida ta’kidlandi. Xususan, ushbu sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish amaldagi qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili, shuningdek, xalqaro tajriba natijalari asosida amalga oshirilishi lozimligi qayd etildi.

Tadbir doirasida ekspertlar korporativ huquqiy munosabatlar va ularning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha yagona amaliyotini joriy etish yuzasidan fikr almashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar