fuqarolarning ekologik masalalar bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish, bepul maslahatlar tashkil etish va ekologik huquqlarni jamoatchilik nazorati orqali himoya qilishga qaratilgan grant Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinika jamoasiga ekologik huquq, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish va ekologik ma’rifat sohasidagi ishlarini davom ettirish hamda kengaytirishga imkon beradi.
Loyiha doirasida Yuridik klinika volontyorlari ekologik huquq asoslari bo‘yicha o‘qitiladi hamda aholining turli qatlamlariga maslahatlar berish orqali ularning xabardorligi va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.