Rossiyaning Tyumen davlat universitetida “Sun’iy intellekt davrida yuridik fan va ta’lim” xalqaro ilmiy-amaliy forumi o‘tkazildi.
Xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti Kirill Molodiko ham ishtirok etib, tadbirning umumiy va sho‘ba majlislarida ma’ruza qildi.
Umumiy majlisda u universitetimiz rahbariyatining Tyumen davlat universiteti jamoasiga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Sho‘ba majlislaridagi ma’ruzasida Kirill Molodiko sun’iy intellekt texnologiyalari, umuman olganda, raqamlashtirishning huquqshunos talabalarni tayyorlashga ta’siri masalasiga e’tibor qaratdi hamda bir qator dolzarb amaliy muammolar yuzasidan o‘z fikrini bayon etdi.