Boku shahrida Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Markaziy ilmiy kutubxonasining 100 yilligiga bag‘ishlab “Raqamli asrda kutubxona-axborot faoliyatidagi innovatsiyalar: an’anaviy va elektron manbalarni yaratish va ulardan foydalanish” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Polsha, Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyadan soha mutaxassislari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi direktori Xaytgul Pirmedova faxriy hay’at a’zosi sifatida qatnashib, “O‘zbekiston akademik kutubxonalarining raqamli asri: oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining raqamli axborot muhitidagi integratsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.