Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan Qiyosiy va xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Max Planck Institutida xalqaro simpozim o‘tkazildi.
Qiyosiy va xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Max Planck Instituti, Germaniya-Yaponiya yuristlari assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi dotsenti v.b. Axadjon Xakimov “Yaponiya huquqi Osiyo mamlakatlarida: O‘zbekiston misolida” mavzusida ma’ruza qildi.
Xalqaro anjumanda Osiyo va G‘arb mamlakatlari huquqining qiyosiy masalalari muhokama etildi.