Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shuhrat Fayziyev “CITES CoP20”da ishtirok etdi

Xabaringiz bor, Samarqand shahrida yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasining (COP20) 20-sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilayotgan tadbirda CITESning 185 a’zosi (184 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) va butun dunyodan 4 ming nafardan ortiq delegat ishtirok etmoqda.

Xalqaro anjumanda yovvoyi tabiatning xalqaro savdosi barqarorligi, qonuniyligi va kuzatilishi, turlarni saqlash va resurslarni barqaror boshqarish masalalarini muhokama qilinmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori Shuhrat Fayziyev yurist-ekolog sifatida ishtirok etdi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Markaziy Osiyoda yovvoyi fauna va flora resurslaridan barqaror foydalanishni qo‘llab-quvvatlash va yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 2026–2032-yillarga mo‘ljallangan Samarqand deklaratsiyasi va mintaqaviy harakatlar rejasi imzolandi.

“CITES CoP20” 4-dekabrga qadar davom etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar