Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Times Higher Education reyting tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Bilamizki, Times Higher Education oliy ta’lim muassasalarining dunyo reytingini tuzuvchi xalqaro reyting tashkiloti bo‘lib, u universitetlarning ilmiy tadqiqot faoliyati, ta’lim sifati va akademik nufuzini baholaydi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Times Higher Education bosh ofisida tashkilotining ta’lim yo‘nalishidagi bosh direktori Phil Baty, boshqaruv direktori Elizabet Sheppard va mintaqaviy direktori Lachin Italmazova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda universitetning THE reytinglaridagi o‘rni va uning ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan asosiy indikatorlar, xalqarolashtirish strategiyasi, xorijiy talabalar sonini oshirish hamda THE platformasidagi universitet profilini yaxshilash usullari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida THE reyting tashkiloti va TDYU o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va universitetning xalqaro miqyosidagi nufuzini oshirish maqsadida bitim imzolandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar