Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Endowment fondi tomonidan bitiruvchilar uchun maxsus uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda 2012-yilda institutning “II Huquq” fakulteti “V” potokni tamomlagan bitiruvchilar, universitet rahbariyati, talaba va magistrantlar ishtirok etdi.

Tadbirda TDYU prorektori A.Hoshimxonov hamda universitetning professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqib, bitiruvchilarni universitet binosida qayta yig‘ilgani bilan samimiy qutladi.

Tadbir doirasida TDYU Maqsadli jamg‘arma fondi — Endowment fondning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga universitet faoliyati haqida yaqindan ma’lumot berish maqsadida muassasa bo‘ylab sayohat tashkil etilib, Yuridik klinika, Axborot-resurs markazi va TDYU muzeyi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida TDYU Endowment fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bitiruvchilar tomonidan uning hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.

Shuningdek, kelgusida ham mazkur Fond tomonidan bitiruvchilar hamda universitet professor-o‘qituvchilari uchun bu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar