Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Zayniddin Shamsidinov hamda Furqat Djalilovning dissertatsiyalari muhokama qilinadi

13-iyul 3-bino 234-xonada TDYU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

11:00 da Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi Shamsidinov Zayniddin Ziyovidinovichning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyat qonununing vaqt bo‘yicha amal qilishi” mavzusidagi dissertatsiya ishi (PhD) muhokama qilinadi.

14:00 da Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi Djalilov Furqat Zakirovichning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoiy javobgarlik” mavzusidagi dissertatsiya ishi (PhD) muhokama qilinadi.

Anjumanda quyidagi ZOOM linki orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/86900485483?pwd=K2pNQ0RmYXFGV3V0Wks3N1NOV1BEUT09⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar