Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Central Asian Legal Research Fellowship” loyihasiga 21 nafar xorijlik olim tanlab olindi

Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida “Central Asian Legal Research Fellowship” loyihasi yoʻlga qo‘yildi.

Universitet tadqiqotchilari va xorijdagi nufuzli universitetlar olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, ularning birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan loyihaga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi 14 ta davlatdan ko‘plab nomzodlar hujjat topshirdi. Ayniqsa, nomzodlar orasida Oxford, Stenford, Garvard, London Holloway Qirollik universiteti kabi nufuzli universitetlarda faoliyat olib borgan olimlarning borligi mazkur loyihaning ahamiyati naqadar yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.

Kuni kecha loyihaga a’zo bo‘lishni istagan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi va yakunda ular orasidan 21 nafari loyihada ishtirok etish uchun tanlab olindi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda “Scopus”, “Web of Science” kabi bazalarda indekslangan nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish uchun qoʻshma ilmiy tadqiqot amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda esa xorijlik olimlar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, qator ilmiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar