Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Maqola yozish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi

“Yuksalish sari” klubi tomonidan tashkil etilgan mashgʻulotda 40 nafardan ziyod talaba va magistrantlar ishtirok etdi.

Mahorat darsi davomida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan maqola yozish tartibi, unga mavzu topish va e’lon qilish, shuningdek, maqola uchun faktlarni toʻplash boʻyicha foydali ma’lumotlar berildi.

Mashgʻulot davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Eslatib oʻtamiz, “Yuksalish sari” klubiga a’zo boʻlish va maqola yozish koʻnikmalarini yanada rivojlantirishni istagan talabalar @m_nozimzodaa telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Klub yangiliklari bilan tanishish uchun “TSUL Yuksalish sari” (@Yuksalish_sari_klubi) telegram kanaliga a’zo boʻling.

Hodisalar

Barcha e'lonlar