Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

"Davlat tilida qonun ijodkorligi: muammo va yechimlar" mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Davlat tilini o‘qitish” kafedrasi hamkorligida tashkil etilayotgan anjumanda yetakchi xorijiy yuridik, gumanitar, pedagogik, iqtisodiy oliy taʼlim muassasalarining olimlari, professor-o‘qituvchilari hamda aspirantlari, shuningdek, qonun chiqaruvchi organlar, biznes, mintaqaviy hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari va hamjamiyatlarida ishlaydigan boshqaruv mutaxassislari ishtirok etadi.

Konferensiyada milliy qonunchiliklarning qonun tilidagi muammolar, davlat tilida ish yuritish masalalari, huquq sohasida terminologik va izohli lug‘atlarni tuzish, yuridik tilning zamonaviy istiqbollari, taʼlim jarayonida qonun ijodkorlik tili meʼyorlarini o‘rganish masalalari muhokama qilinadi.

Anjuman 25-oktabr 10:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar