Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy-amaliy huquqiy jurnaliga maqolalar qabuli boshlandi

“Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” huquqiy ilmiy-amaliy jurnalining 2022-yil navbatdagi soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.

Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
– maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
– maqola yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
– maqolalarda berilgan ma’lumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan bo‘lishi lozim, ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
– maqolada muallif(lar)ning ORCID ID, elektron pochta va telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.

Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hay’ati va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra nashrga tavsiya etiladi.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yo‘nalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Ilmiy maqola matnini +99894 463-73-77 telegram raqamiga yuborish lozim.

Maqolalar 15-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Koordinator:
Komil Hakimov, TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi mudiri.
Ma’lumot uchun telefon raqamlari: +998 71 233-66-36 (1055, 1056, 1183)
E-mail: hkb22@mail.ru

Hodisalar

Barcha e'lonlar