Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sankt-Peterburgdagi "Oliy Iqtisodiyot maktabi" milliy tadqiqot universiteti vakillari bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Oliy iqtisodiyot maktabining Sankt-Peterburg filiali delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori Dilshod Umarov, “Xalqaro huquqva qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani Dildora Umarxonova, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi mutaxassisi Bobur Uzoqov, “Oliy iqtisodiyot markazi” milliy tadqiqot universiteti yuridik fakulteti dekani Anton Ilin, Sankt-Peterburg gumanitar fanlar va san’at maktabi dekani Irina Shemeleva, “Oliy iqtisodiyot markazi” milliy tadqiqot universiteti dotsenti Yuriy Ichkitidze ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ikki oliy o‘quv yurti vakillari o‘z universitetlari faoliyati bilan tanishtirdi.

Xususan, TDYU prorektori Dilshod Umarov universitet tarixi, abituriyentlarni qabul qilish tizimi, o‘quv jarayoni, qo‘shma ta’lim dasturlari va xalqaro hamkorlik, universitetda xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida mehmonlarga ma’lumot berdi.

Uchrashuvda taʼlim va fan masalalari boʻyicha ikki universitet o‘rtasidagi oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda turli ilmiy tadbirlar, jumladan, davra suhbatlari, konferensiyalarni tashkil etish, Oliy iqtisodiyot maktabi professor-o‘qituvchilarini TDYUda chop etilayotgan ilmiy jurnallarning tahrir hay’atiga hamda yangi avlod darsliklarini chop etish jarayoniga jalb etish bo‘yicha fikr almashdi.

Uchrashuvda TDYU va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida qo‘shma kafedra tashkil etish masalasida amalga oshirilayotgan muhokamalar, universitetdagi “Legal Tech” laboratoriyasining faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu ishlar mehmonlar tomonidan ham e’tirof etilib, bu borada TDYU tajribasini o‘rganish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Sankt-Peterburgdagi Oliy Iqtisodiyot maktabi delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasini Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro hamkorlik haftaligiga taklif qildi.

Ma’lumot uchun: “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti 1998-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Muassasada “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlariat, “Huquq va davlat boshqaruvi”, “Fuqarolik va tijorat huquqi”, “Raqamlashtirish davrida intellektual mulk huquqi” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturlari mavjud.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar