Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Jessup jamoasi — Markaziy Osiyo va MDHda birinchi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2023” tanlovining xalqaro raundlarida ishtirok etmoqda.

Jamoamiz dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 120 ta jamoa ishtirok etayotgan xalqaro tanlovning saralash bosqichlarida Avstraliya, Lyuksemburg, Xitoy va Iroq jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, dunyoning eng yaxshi 48 jamoasi ro‘yxatidan joy oldi hamda Markaziy Osiyo va MDHdagi birinchi raqamli jamoaga aylandi.

Bu Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasining tarixiy muvaffaqiyatidir.

Ayni paytda jamoamiz “Jessup Moot”dagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” sud jarayonlari bo‘yicha 1960-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan dunyodagi eng katta xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda 100 ta mamlakatdan huquqshunoslik yo‘nalishidagi 700 ga yaqin ta’lim muassasasi g‘oliblik uchun bellashadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro sudidagi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizo simulyatsiyasi tarzida ingliz tilida o‘tkaziladigan bahslarda 2000 nafarga yaqin talaba ishtirok etadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar