Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Huquqiy etika va professional javobgarlik: AQSH tajribasi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida shu mavzuda mahorat darsi tashkil etildi.

“Ommaviy huquq” va “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakultetlarining ingliz tilida o‘qitiladigan maxsus guruhlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohjahon Toshpo‘lotov va Boston huquq maktabi o‘qituvchisi Daniel Hossenfild olib bordi.

Mashg‘ulotda talabalarga mavzu yuzasidan foydali va qiziqarli ma’lumotlar berish bilan birga, ularda tanqidiy fikrlash, mantiqiy tafakkur va huquqiy argumentlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida hayotiy kazuslardan namunalar keltirildi. Kazuslarga milliy va xalqaro huquq normalari orqali qiyosiy huquq bilan bog‘lab javob berish tushuntirildi.

Mahorat darsi yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar