Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Germaniyalik huquqshunoslar bilan hamkorlikda darslik yozish masalalari muhokama qilindi

Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari germaniyalik huquqshunos olimlar bilan hamkorlikda darslik yozish bo‘yicha xizmat safari bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.

Xizmat safari doirasida universitet delegatsiyasi Shpayer shahridagi Germaniya ma’muriy fanlar universiteti hamda Ludvigsburg shahridagi Ommaviy boshqaruv va moliya oliy maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Germaniya ma’muriy fanlar universiteti dekani, Germaniya ommaviy boshqaruv tadqiqot instituti direktori Yan Siyko va Ommaviy boshqaruv va moliya oliy maktabi rektori Iris Rauskala bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvlar doirasida TDYU haqida taqdimot qilinib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va hamkorlikda o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar