Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik texnikumlar va akademik litsey o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning o‘qituvchilari uchun “Yuridik taʼlimda axborot texnologiyalari” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursining ilk kunida tinglovchilarga raqamlashtirish sharoitida axborot texnologiyalarini qoʻllashning huquqiy asoslari, OneID tizimining imkoniyatlari, shuningdek, “Legal Tech” mahsulotlari, masofadan ish yuritish, yuridik maslahat tizimlari haqida ma’lumot berildi.

Amaliy jarayonlar yordamida o‘tkazilgan mashg‘ulotda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar