Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Jorj Vashington universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshod Umarov boshchiligidagi “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani Dildora Umarxonova, o‘qituvchilar Sayidkomil Ibodullayev va Azizbek Toyirovdan iborat universitet delegatsiyasi AQSHning Jorj Vashington universiteti (The George Washington University)ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitetning Huquq maktabi (Law school) va Elliott xalqaro munosabatlar maktabi (Elliott School of International Affairs)da bo‘ldi.

Tashrif davomida hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining Huquq maktabi magistraturasida o‘qishi uchun imkon yaratish, ular uchun shartnomalar narxida chegirmalar berish, o‘qituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etish, akademik faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, delegatsiya Markaziy Osiyo dasturida ishtirok etish uchun stipendiyalar taqdim etish imkoniyatlari bilan tanishdi. Ushbu dastur O‘zbekiston va AQSh ilmiy va jamoalari o‘rtasida fikr almashish va mustahkam intellektual tarmoqlar yaratish uchun tadqiqot va tahliliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan.

Tashrif davomida universitetimiz delegatsiyasi Huquq maktabi va Elliott xalqaro munosabatlar maktabi kampusi, bu yerdagi raqamli imkoniyatlar, kutubxona, sud zallari va auditoriyalar bilan tanishdi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar