Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari “Street Workout” bo‘yicha universitetlararo musobaqada 3 oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Street Workout” bo‘yicha saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Turnikda tortilish, brusda tortilish, yerga yotib, mashq bajarish (otjimanie) va “O‘tirib-turish” mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda poytaxtimizdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida universitetimiz jamoasi 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Abdulaziz Abdullayev (turnikda tortilish bo‘yicha), Feruz Malikov (“O‘tirib-turish” mashqi bo‘yicha) va G‘anisher Niyozov (yerga yotib, mashq bajarish (otjimanie) bo‘yicha) 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xurshid Saidamatovga (brusda tortilish bo‘yicha) 2-o‘rin nasib etdi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar