Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda yangi o‘quv yilida “Kiber huquq va kiberjinoyatlarni tergov qilish” qo‘shma magistratura mutaxassisligi ochiladi

“Xalqaro kiber huquq haftaligi” doirasida TDYU va Milliy sud ekspertizasi universiteti o‘rtasidagi anglashuv memorandumida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Uchrashuvda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi direktori Samir Latipov, “Kiber huquq” kafedrasi mudiri Said Gulyamov, Xalqaro boshqarma bosh mutaxassisi Bobur Uzakov va Milliy sud ekspertiza universiteti “Sud meditsinasi va siyosiy tadqiqotlar” fakulteti dekani Purvi Poxariyal ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinib, TDYU va Milliy sud ekspertizasi universiteti o‘rtasida “Kiber huquq va kiberjinoyatlarni tergov qilish” qo‘shma magistratura mutaxassisligi joriy etish, kiber huquq masalalarida mutaxassislarning malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, TDYUdagi “Legal tech” laboratoriyasini hamkorlikda rivojlantirib, uni “Legal tech” qo‘shma markaziga aylantirish, bu yo‘nalishda mutaxassislar va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar