Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Kang Songbop — KOICAning TDYUdagi yangi volontyori

Toshkent davlat yuridik universiteti va KOICA vakillari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda TDYU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, prorektor Dilshod Umarov, Xalqaro boshqarma bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maqsuda Tadjibayeva va KOICA volontyorlik boʻlimi koordinatori Kvon Jisu, volontyor-mutaxassis Kang Songbop, KOICA agentligi xodimi Yulduz Ochilova ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori v.v.b. Islombek Rustambekov so‘z olib, mehmonlarga Toshkent davlat yuridik universiteti haqida ma’lumot berdi. 
Shuningdek, I.Rustambekov universitet KOICA bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini alohida ta’kidlab, tashkilot mutaxassislarini TDYUga jalb etishdan minnatdorligini bildirdi.

Shundan so‘ng, KOICA volontyorlik boʻlimi koordinatori Kvon Jisu tomonidan tashkilotning universitetdagi volontyori Kang Songbopni yig‘ilganlarga tanishtirdi. Endilikda mazkur mutaxassis TDYU talabalariga “Axborot texnologiyalari” modulidan dars beradi.

Ma’lumot uchun: KOICA 48 ta yo‘nalish bo‘yicha volontyorlarni turli tashkilotga taqdim etadi. KOICA tomonidan yilda 2 marta maxsus seminar tashkil etilib, volontyorlarni jalb etgan tashkilotlarga volontyorlik yo‘nalishlari va kelgusi rejalar xususida batafsil ma’lumot beriladi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar