Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Parij-Sakle universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Parij-Sakle universiteti mutasaddilari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU prorektori Dilshod Umarov, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xodimi Bobur Uzakov, Parij-Sakle universitetining Jan Mone nomidagi “Huquq, iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekani Boris Bernabe, fakultet professori Juliyen Budon ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida ikki universitet vakillari tomonidan o‘zlari faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berildi. Mehmonlar TDYUning o‘quv va ilmiy yo‘nalishdagi faoliyati, xalqaro hamkorlik borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

O‘z navbatida, Parij-Sakle universiteti vakillari ham universitetda huquqni o‘qitish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, universitetning o‘quv va ilmiy faoliyati, hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yevropa huquqini oʻqitish boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish va Parij-Sakle universitetining boshqa yoʻnalishdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan tashrif doirasidagi uchrashuvda universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, TDYUda fransuz tili va huquqini o‘rganish markazini tashkil etish, qo‘shma ta’lim hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillik dasturlarini tashkil etish, ingliz tilida xalqaro simpozium o‘tkazish, TDYUda dars berish uchun fransiyalaik professorlarni jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.

Ma’lumot uchun: Parij-Sakle universiteti (Université Paris-Saclay) 2019-yilda Fransiyaning 10 ta eng yirik universiteti, oliy maktab va tadqiqot institutlari ishtirokida tashkil etilgan.

Parij-Sakle universiteti asosan taʼlim-tadqiqot-ishlab chiqarish tamoyili asosida faoliyat olib boradi va bugungu kunda universitetning 17 ta kampusida 48 ming nafar (magistratura yoʻnalishida — 12 ming nafar, doktoranturada 4,5 ming nafar) talaba tahsil oladi. Ularning 42% xorijlik talabalardir.

Universitening bioturfaxillik, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmasevtika, aniq fanlar, huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar, muxandislik va axborot texnologiyalari yoʻnalishida 10 ta bakalavr dasturi, 67 ta magistrlik dasturlari va 21 ta doktorlik maktablari mavjud bo‘lib, muassasa tarkibidagi 300 ga yaqin ilmiy tekshirish markazlarida (Fransiya tadqiqot salohiyatining 13 foizi) 15 ming nafar tadqiqotchi faoliyat olib boradi. Bugungi kunga qadar Parij-Sakle universitetidan 2 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari chiqqan.

Parij-Sakle universitetining Jan Mone nomidagi “Huquq, iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining bitiruvchilariga “Huquq va innovatsiya” yoʻnalishida mutaxassislik beriladi. Magistratura bosqichida “Raqamli huquq va intellektual mulk huquqi”, “Salomatlik huquqi”, “Aviakosmik xuquq”, “Xususiy va ommaviy huquq”, “Xalqaro ommaviy va Yevropa huquqi”, “Xalqaro va Yevropa huquqi”, “Diplomatiya va strategik muzokaralar” kabi yoʻnalishlarda dasturlar mavjud.

Hodisalar

Barcha e'lonlar