Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Otabek Narziyev “Justice Education: Building Resilience and Strong Connections in Times of Global Challenges” mavzusidagi butunjahon konferensiyasida ma’ruza qildi

Janubiy Afrika Respublikasining Stellenbosch universitetida “Justice Education: Building Resilience and Strong Connections in Times of Global Challenges” (“Yuridik ta‘lim: chidamlilikni shakllantirish va Global muammolar davrida kuchli aloqalar”) mavzusida butunjahon konferensiyasi tashkil etildi.

Yuridik ta’lim bo‘yicha global alyansning 11 yilligi (Global Alliance for Justice Education) va Xalqaro klinik yuridik ta‘lim jurnalining (International Journal of Clinical Legal Education) 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori v.b., TDYU Yuridik klinikasi rahbari Otabek Narziyev ishtirok etdi.

Nufuzli konferensiyada O.Narziyev “Free Legal Aid, Pro Bono Activity and Clinical Legal Education in the Experience of TSUL Legal Clinic” (“TDYU Yuridik klinikasi tajribasida bepul yuridik yordam hamda Pro Bono faoliyati va klinik yuridik taʼlim”) mavzusida ma’ruza qilib, anjuman ishtirokchilariga O‘zbekiston, xususan, Toshkent davlat yuridik universitetining 22 yillik Pro Bono va yuridik klinik ta’limga oid tajribasi haqida ma’lumot berdi.

Anjuman doirasida Otabek Narziyev Janubiy Afrika Repsublikasining Stellenbosch universiteti hamda Avstraliyaning Monash universiteti vakillari bilan bilan uchrashib, ushbu oliy ta’lim muassasalari va TDYU o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar