Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Legal writing in English” mavzusidagi mahorat darslarini professor Kristofer R.Kelley olib boradi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi hamda Arkanzas universiteti Huquq maktabi hamkorligida “Legal writing in English” (“Ingliz tilida yuridik yozuv”) mavzusida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Mahorat darslari davomida ishtirokchilarga yuridik ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirish va huquqiy tarjima, yuridik terminologiya, shartnomalarda sodda ingliz tili (Plain English)ni qo‘llash, ularda tinish belgilarining o‘rni (Punctuation) va ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.

Mashg‘ulotlarni Arkanzas universiteti Huquq maktabi professori Kristofer R.Kelley olib boradi.

Darslar 6-fevralga qadar, har dushanba soat 19:00da o‘tkaziladi.

Mahorat darslarida quyidagi ZOOM link orqali ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/86847925174?pwd=VlY2SVVqdy91MWJDdUJBQ3ZhbkVpZz09⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar