Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ankara Yildirim Beyazit universiteti “Kiber huquq” kafedrasi bilan onlayn davra suhbati tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi va Turkiyaning Ankara Yildirim Beyazit universiteti “Kiber huquq” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi onlayn davra suhbati (Roundtable IX) o‘tkazildi.

Onlayn anjumanda turkiyalik olim Samet Tatar va uning ilmiy maktabi a’zolari so‘zga chiqdi.

Shuningdek, “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasining sun’iy intellekt, kiber huquq va raqamlashtirish bilan bog‘liq sohalarda ilmiy izlanishlarni olib borayotgan professor-o‘qituvchilari va turkiyalik mutaxassislar sohani rivojlantirish, uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashdi.

Qizg‘in muzokara va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar