Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda germaniyalik mutaxassis Markus Shtrunk ishtirokida Germaniya qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkaziladi

Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universitetida Germaniya Federativ Respublikasining savdo, korporativ va iqtisodiy qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etiladi.

Mashg‘ulotni Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtati Adliya vazirligining savdo, korporativ va iqtisodiy qonunchilik, Yevropa Ittifoqi masalalari va xalqaro adliya munosabatlari bo‘limi boshlig‘i doktor Markus Shtrunk olib boradi.

Mahorat darsi 14-dekabr 09:00 da 13:00 gacha TDYU 3-bino 221-xonasida bo‘lib o‘tadi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va magistrantlar ishtirok etishi mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar