Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Govxerjan Yuldasheva “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi yakunlandi.

Forumning ikkinchi kunida anjumanning 2-yalpi majlisi hamda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun gibrid formatda yetakchi xorijiy professorlar va olimlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Kun davomida forumning yakuniy hujjati muhokama qilinib, qabul qilindi.

Shuningdek, Global forum doirasida “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori Govxerjan Yuldasheva inson huquqini himoya qilish sohasidagi oʻquv va ilmiy faoliyati uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar