Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ozod Husanov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Ozod Husanov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Ozod Husanovning – yurisprudensiya sohasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Ozod Husanovning hayot yo‘li va tajribalarini o‘rganish, uning ilmiy merosini tadqiq etish va bo‘lg‘usi yuristlarga yetkazish, mamlakatimizda huquq sohasining rivoji, bosqichlari va bu sohadagi izlanishlar, tadqiqotlar, shu jumladan, ustoz-yuristning faoliyati haqida yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan anjumanda TDYU rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, Ozod Husanovning shogirdlari, faxriy huquqshunoslar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda TDYU rektori Akbar Tashkulov, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, faxriy huquqshunoslar, O.Husanovning shogirdlari va talabalar so‘z olib, ustozni qutlug‘ yoshi bilan samimiy muborakbod etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar