Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi “Sport — salomatlik garovi” shiori ostidagi spartakiadada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida spartakiada o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Quyida ushbu medallari qo‘lga kiritgan universitet xodimlari bilan tanishishingiz mumkin:
Muzaffar Nodirov (“Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani o‘rinbosari) — darts bo‘yicha 1-o‘rin;
Maqsud Sodiqov (“Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi) — badminton bo‘yicha 1-o‘rin;
Umida Haydarova (“Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi) — badminton bo‘yicha 2-o‘rin;
Igor Kudryavsev (“Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori) — shaxmat bo‘yicha 3-o‘rin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar