Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Nizomiddin Kozimov — “Muvaffaqiyat sari”ning navbatdagi mehmoni

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Muvaffaqiyat sari” loyihasi davom etadi.

Loyihaning bu galgi mehmoni Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi, Amerikaning Wisconsin universiteti magistratura bosqichi talabasi Nizomiddin Kozimovdir.

Ovozli chat 5-noyabr 20:00da @justicepower kanalida boshlanadi.

Unda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim olish, turli grantlar va ularni qo‘lga kiritish tartibi haqida ma’lumot beriladi.

Moderator: TDYU talabasi Faxriddin Ismoilov.

Ma’lumot uchun: Amerikaning Wisconsin universiteti QS Rangkings reytingida 75-o‘rinda turadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar