Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha loyiha rahbari Angela Shmaynk va jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakili Dildora Asatillayeva bilan uchrashdi.

Tadbirda TDYU va IRZ o‘rtasida Legal Tech Laboratory sohasida qo‘shma loyihalarni oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida germaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish, germaniyalik ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni TDYUda turli seminar-trening va mahorat darslarini tashkil etish uchun jalb etishga kelishib olindi.

Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilarini Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasining Bonn shahrida joylashgan shtab-kvartirasida qisqa muddatli stajirovkalarga jo‘natishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi Toshkent davlat yuridik universitetiga Germaniyaning nufuzli agentliklaridan biri DAAD (German Academic Exchange Service) bilan akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar